Energetika vazirligi tizimidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha korxonalarda aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr hamda issiqlik energiyasi bilan ta'minlash maqsadida tun-u kun ishlar tashkil etilmoqda.
Xususan, yarim tun bo‘lishiga qaramay “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz ravishda davom etmoqda.
Markazda 5-sonli turbogenerator, GTQ-17 MVt va GTQ-7 MVt zamonaviy qurilmalari to‘xtovsiz rejimda ishlamoqda.
Jamiyatning o‘rnatilgan elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 329 MVt/soat, issiqlik energiya ishlab chiqarish quvvati 1449 Gkal.soatni tashkil etadi.
Zamonaviy GTQ-17 MVt va GTQ-7 MVt qurilmalari bugungi kunda to‘liq quvvatlarda ishlayotgan bo‘lsa, TG-5 turbinasi iste'molchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat olib bormoqda.
Zamonaviy GTQ-7, GTQ-17 kurilmalari ishlashi hisobiga soatiga 14,3 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilishga erishilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1671
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati