Andijon viloyatining elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasiga 200 MVA yangi zamonaviy transformator o‘rnatildi.
Shu vaqtga qadar 103 foiz o‘ta yuklama bilan ishlayotgan 220 kVli “Xakan” podstansiyasida joriy yilda 1 ta 125 MVA transformator o‘rniga 200 MVAli transformator o‘rnatilib, viloyatda jami 75 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Kattaroq quvvatga ega ushbu transformatorning o‘rnatilishi viloyatni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun qariyb 207 ming kVt·soat qo‘shimcha quvvatni yetkazib berish imkonini bermoqda. Bir xonadonda bir oy davomida o‘rtacha 200 kVt·soat elektr energiyasi iste'mol qilinishini hisobga olsak, bu quvvat hajmi 1 035 ta qo‘shimcha xonadonni ta'minlash imkonini beradi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, Andijon shahri, Andijon, Oltinko‘l, Izboskan, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarining kuz-qish mavsumida elektr energiya ta'minoti yaxshilanishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1544
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati