"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ " Energo-IT" filiali tomonidan aloqa operatorlari va Internet -provayderlariga yo‘naltirilgan IP -transport ijarasi xizmatini (VLAN 10 Mbit / s dan 10 Gbit / s gacha) taqdim etish maqsadida Samarqand — Buxoro o‘rtasida 10 Gbit/s tezlikda optik tolali aloqa liniyalari orqali transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yuqoridagi IP -transportga qiziqqan potensial sheriklarning qisqa ro‘yxatini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
"Energo-IT" filiali
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati