Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 220 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali muhandis-chilangarlari tomonidan elektr energiyasiga ortib borayotgan bo‘lgan talabni qondirish yuzasidan rejali ta'mirlash, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Ushbu podstansiyadagi quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-1 transformatori Qoraqalpog‘iston Respublikasining uchta tumani – Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal'a tumanlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
2021-yilga qadar 220 kVli “Beruniy” podstansiyasida 90 foizdan yuqori yuklama bilan ishlayotgan 1 ta 125 MVAli AT-1 transformatori bor edi. Uning yoniga quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-2 — ikkinchi transformator o‘rnatilib, AT-1 transformatorining yuklamasi me'yorga keltirildi. Bu esa elektr ta'minoti bo‘yicha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni bajarish imkonini berdi.
Yuqorida amalga oshirilgan dasturlarning samaradorligi natijasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a tumanlarida kuz-qish mavsumlaridagi elektr ta'minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan cheklovlarning oldi olindi. Mavjud ishlab chiqarish korxonalari quvvatlarini kengaytirilishi natijasida elektr ta'minoti mustahkamligi oshirilishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1533
https://makan.uz/kk/article/18977
✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati