O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni jadallashtirish masalalariga bag'ishlangan xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Energetika vaziri Alisher Sultanov 10 yil ichida 5 gigavatt quyosh energiyasi va 3 gigavatt shamol energiyasini o'z ichiga olgan qo'shimcha energiya quvvatlari yaratilishini ma'lum qildi.
Avvalroq, Samarqand va Jizzaxda har birining quvvati 220 megavattdan bo'lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo'yicha "Masdar" kompaniyasi bilan bitimlar imzolangani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun: joriy yilda Karmana va Nurobod tumanlarida har birining quvvati 100 megavattdan bo'lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Energetika xabarlari https://t.me/energetika_xabarlari
"O'zbekiston met" AJ axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxboroxizmati