2020-yil davomida Vetnam tomlarida o‘rnatilgan quyosh qurilmalari soni 2019-yildagi 378 MVt dan 9,583 GVt ga oshib, 2435% ga yetdi.
Mamlakatda belgilangan pandemiya va izolyasiya davriga qaramasdan, Vetnam tomlaridagi quyosh tuzilmalari barqaror o‘sishda davom etdi. Tomlarda quyosh energiyasini ishlab chiqarishdagi o‘sish 2020-yilning uchinchi choragida oshishda davom etdi, lekin 2020-yilning dekabr oyida keskin tezlashdi.
Bu keskin o‘sish 2020-yilning 31-dekabrigacha quyosh panellaridan tijorat uchun foydalanish niyatida bo‘lganlar uchun 20 yil davomida kVt•s ga 0,0839 AQSh dollari to‘lash imkoniyati FIT2 ("yashil tarif" deb ataladi) joriy etilishi bilan bog‘liq.
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati