“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta'minlashning quyidagi tartibi joriy etildi
Birinchi bosqich
Prezident Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni “Ijro.gov.uz”ga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi
Ikkinchi bosqich
Adliya vazirligi nazoratga olinadigan topshiriqlarni elektron tizimga kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas'ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi
Uchinchi bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, hokimliklar, xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi va elektron tizimga ma'lumotlarni kiritadi
To‘rtinchi bosqich
Adliya vazirligi ma'lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, tasdiqlaydi yoki mas'ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi
Beshinchi bosqich
Vazirlar Mahkamasi o‘z tizimidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan ma'lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas'ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, har oyda Rayosat majlislarida ijro natijadorligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va Prezident Administratsiyasiga ma'lumot kiritadi
Oltinchi bosqich
Hisob palatasi ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan ma'lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas'ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi
Yettinchi bosqich
Prezident Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun