2021-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Assystem yengineering and Operation Services” (Fransiya) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjatni energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xodjaev va “Assystem Engineering and Operation Services” kompaniyasining bosh direktori Stefan Obarbe imzoladi.
Mazkur memorandumni imzolashdan maqsad qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida strategik sheriklikni kengaytirish salohiyatini o‘rganishdir.
Tomonlarning hamkorligi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan quyosh, shamol va vodorod bo‘yicha loyihalarni boshqarish, muhandislik dizayni va konsalting;
- energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
Hamkorlik O‘zbekiston energetika sohasini energiyadan foydalanishning yangi yo‘nalishlarida va dekarbonizatsiyaga o‘tishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
http://minenergy.uz/uz/news/view/1251
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati