Gollandiyalik usta Marinus Mieremet 2003-yildan beri shamol turbinasi yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarishning yangi va samarali usuli ustida ishlamoqda.
Bu har birimiz o'z dunyomizni qanday qilib yanada yashil va yorqinroq qilish haqida o'ylashimiz mumkin bo'lgan paytdir.
Shuning uchun elektr energiyasi ortiqcha boʻlganda uni saqlash, soʻngra ushbu saqlangan energiyani kerakli miqdorda sarflash zarur.
Texnologiya olamida chegaralar yoʻq va mana sizga buning eng yaxshi misoli - Taum Sauk gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi! U eng yaqin suv havzasidan 80 km uzoqlikda oʻrnatilgan boʻlib na kanalda va na tabiiy daryoda joylashgan. Bu noyob gidroelektr stansiyasi - haqiqiy muhandislik moʻjizasi.
Suvli-botqoqlar karbonat angidridini yutish orqali global isish jarayonini sekinlashtiradi va ifloslanishni kamaytiradi. Torfli botqoqliklar o’zida dunyodagi barcha o'rmonlardan ko'ra ikki barobar(!) ko'proq uglerod saqlaydi. Afsuski, suvli-botqoliklar o'rmonlarga qaraganda uch baravar tezroq yo'q bo'lib ketmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 1970 yildan beri dunyodagi barcha suvli-botqoq joylarning 35 foizi yo'qolgan. Bunga inson faoliyati omili sabab bo'lmoqda: qishloq xo'jaligi va qurilish uchun hududlarni quritish, suv havzalari va tuproqni ifloslantirish, baliq ovlash va resurslardan haddan tashqari foydalanish, iqlim o'zgarishlari shular jumlasidandir.
«Akademik Lomonosov» nomidagi noyob loyihani qurish uchun o‘n uch yil davom etdi va to‘rt yil davomida stansiya har kuni Chukotkaning Chaunskiy va Bilibinskiy tumanlarining butun izolyatsiya qilingan energiya markazi ehtiyojlarining 55%idan ko‘prog‘ini energiya bilan ta'minlamoqda. Bu O‘zbekistonning yarmiga teng hudud degani.
Dunyodagi eng baland yog‘ochli shamol turbinasi 150 metr balandlikda Shvetsiyada bunyod etildi.
Olimlarning fikricha, 2024-yil rekord darajadagi 2023-yildan ham issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu El Nino ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suvning sirt qatlamining isishi tufayli sodir bo‘ladi.
Gibrid avtomobillarni ham qoʻshganda, bugun Xitoyda “yashil yoqilgʻi” bilan harakatlanadigan avtomobillar jami soni 18,3 milliontani tashkil etmoqda.
Ispaniyaning Las-Palmas sohilida «Seaworthy» sinov platformasi qurilmoqda. Loyiha 4,3 MVt quvvatga ega shamol turbinasi, 0,8 MVt to‘lqin energiyasini konversiyalash qurilmasi va yashil vodorod ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini o‘z ichiga oladi.
Pokistonda ilk marta Lahordagi havo sifatini yaxshilash uchun sun'iy yomg‘irdan foydalanildi va bu faqat qisqa vaqt ichida yordam berdi.
Xitoyda 16 megavatt quvvatga ega shamol turbinasi o‘rnatilib, u dunyodagi eng yirik shamol generatoriga aylandi. Turbina ishga tushirilgandan keyin foydalanishga topshiriladi.
Shell va BYD kompaniyalari Xitoyning Shenchjen shahrida dunyodagi eng yirik elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyasini ochdi. Majmuada 258 ta tez quvvatlovchi stansiyalar, shuningdek, yiliga 300 ming kVt⋅s quvvatga ega quyosh panellari mavjud.
Pekinda joylashgan Crossboundaries arxitektura studiyasi qayiqni quyosh energiyasi bilan quvvatlanuvchi suzuvchi uyga aylantirdi.
World Wide Wind (Norvegiya) suvda barqarorlik va unumdorlikni mujassamlagan innovatsion turbinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri shamol elektr energiyasining narxini $50/ MVt•soatgacha kamaytirishi mumkin.
Finlyandiya kompaniyasi muhandislari devorga yoki hatto mebelga yopishtirish mumkin boʻlgan karton qogʻozdek qalinlikdagi yangi isitish plyonkasini ishlab chiqdilar. U laminat panelga oʻxshaydi, lekin uning ichida yupqa simlar tarmog'i mavjud bo'lib, u yoqilgandan keyin bir necha daqiqada issiqlik hosil qila boshlaydi.
BMTning Institutlaridan biri shuni aniqladiki, yiliga tashlanadigan barcha veyplarning umumiy og‘irligi oltita Eyfel minorasining og‘irligiga teng.
2023-yil yakuniga qadar esa quyosh fotoelektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 15 MVtni tashkil etadi.
Mutaxassislar Morpet shahri kengashining shtab-kvartirasi uchun 120 ta elektr transport vositalarini quvvatlash kuchiga ega, quyosh panellari bilan jihozlangan dunyodagi eng katta avtoturargohni bunyod etishdi.
Avstraliya ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stantsiyalari o‘rniga ilk havo-dengiz elektr stantsiyasini yaratishni e'lon qildi.