Yangiliklar
Investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-iyun kuni investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi, yil yakunigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

  • 24.06.2021
  • 284
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida seminar o‘z ishini boshladi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24-iyun kuni “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida muhim ob'ektlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim-malakasini oshirish, harbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, sanoat va yong‘in xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshladi.

  • 24.06.2021
  • 401
O‘zbekiston va Germaniya energetika sohasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida energetika sohasidagi yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari onlayn tarzda o‘tkazilgan “Energetika forumi” davomida muhokama qilindi.

  • 24.06.2021
  • 378
Online: AOKA tomonidan tashkil etilgan «Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik — bosh mezon» mavzusidagi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi

Ayni paytda poytaxtning «International Hotel Tashkent» majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan «Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik — bosh mezon» mavzusida milliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

  • 23.06.2021
  • 300
Diqqat, e'lon! 2021-yil 24–25-iyun kunlari 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasida seminar mashg‘ulotlari hamda maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkaziladi

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar ichida 7 ta 500 kV kuchlanishli podstansiyalar mavjud.

  • 23.06.2021
  • 345
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI: toma-toma ko‘l bo‘lur...

...Sotish taqiqlangan Bilasizmi, 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi hududida 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni sotish to‘xtatilgan. Ammo hozir ham bozor rastalarida ular sotilmoqda... Aniqrog‘i, O‘zbekistonda 2016-yil 1-iyuldan quvvati 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017-yil 1-yanvardan esa sotish taqiqlangan. Bu Vazirlar Mahkamasining 20-oktabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan edi.

  • 22.06.2021
  • 495
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumotnoma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy qiymati 601,7 mln. AQSh dollari hisobida bo‘lgan 5 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

  • 21.06.2021
  • 442
“Jet-Infosystems” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, joriy yilning 18-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari Feruz Qurbonov va Jasur Ashirboyev, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining mutaxassis-xodimlari hamda “Jet-Infosystems” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi direktori va mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi o‘tkazildi.

  • 18.06.2021
  • 348
Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari ASKUE tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi

Bugun, 17-iyun kuni Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari–savdo va ishlab chiqarish vaziri Albert Karimov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

  • 18.06.2021
  • 433
“Quyi Mozor” podstansiyasida qo‘shimcha 190 MVA quvvat yaratilmoqda

Buxoro viloyatidagi 220 kVli “Quyi Mozor” podstansiyasida filial texnik ishchi-xodimlari hamda “Turonelektromontaj” AJ korxonasi quruvchilari tomonidan yirik hajmdagi modernizatsiya-rekonstruksiya hamda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

  • 17.06.2021
  • 433
Xalqaro ekspertlar va soha vakillari yoqilg‘i-energetika majmuasini raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or jahon tajribalarini muhokama qildilar

Joriy yilning 15-iyun kuni Toshkent shahrida Rossiyaning “IKS Xolding” ko‘p tarmoqli AT-guruhi tomonidan va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ko‘magida tashkil etilgan “Yoqilg‘i-energetika majmuasini raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or jahon tajribalari” mavzusidagi ikki kunlik strategik sessiyada 300 dan ortiq energetika vakillari va mutaxassislar yig‘ildilar.

  • 16.06.2021
  • 518
ENERGETIKA SOHASINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONI BO‘YICHA DUNYO TAJRIBASI O‘RGANILADI

Ayni paytda Toshkent siti majmuasining “Xilton” kongreslar zalida “Iks Xolding” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ham ishtirok etmoqda.

  • 16.06.2021
  • 348
Energetika vazirligi: sohani isloh qilish va uning salohiyatini oshirish ishlari qanday ketmoqda?

O‘zbekistonning energetika sohasida islohot bosqichlari davom etmoqda va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad sanoatni bozor munosabatlariga o‘tkazish, so‘nggi o‘n yilliklarda yetarlicha e'tibor berilmagan infratuzilmani yangilash, respublikamizda iste'molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta'minlashdan iborat.

  • 15.06.2021
  • 1584
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalari xorijiy OAV e'tirofida

Rossiya Federatsiyasining rus va ingliz tilida chop etiladigan «ЭЛЕКТРОЭНЕРГИЯ: передача и распределение» jurnalining 2021-yilgi 2-sonida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda Peterburg energetika malaka oshirish instituti (PEIPI) bilan imzolangan bitim va uning ahamiyati haqida maqola chop etildi.

  • 14.06.2021
  • 327
O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikki GES quradi. Alisher Sultonov tafsilotlarni ochiqladi

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi chog‘ida qator hujjatlar, xususan, energetika sohasida ham hamkorlik bitimlari imzolandi. Tashrifni bevosita yoritayotgan Kun.uz muxbiri energetika vaziri Alisher Sultonov bilan suhbatda bo‘ldi.

  • 11.06.2021
  • 476
O‘zbekiston – Tojikiston: do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

  • 11.06.2021
  • 429
uzbekistonmet.uz: «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi boshqa filiallar kabi elektr energiyasini energiya ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilishini amalga oshirish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr tarmoqlari bilan o‘zaro aloqalarda ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

  • 11.06.2021
  • 1160
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi. Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

  • 10.06.2021
  • 507
Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi

Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e'lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta'kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».

  • 10.06.2021
  • 283
Tojikiston Respublikasidan O‘zbekistonga mavsumiy (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti yuzasidan ma'lumotnoma

O‘zbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, tabiiy gaz va neft mahsulotlarini yoqish evaziga an'anaviy turda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun elektr uskuna va jihozlarni ta'mirlash-sozlash ishlariga sharoit yaratish maqsadida, 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi.

  • 10.06.2021
  • 593
>