Murojaat egasi: Xolmuradov Abror Abdirahimovich
Murojaat egasi: Esanbayev Ziyovuddin Bakirovich, Toshkent viloyati
Murojaat egasi: Mirzayev Mehriddin Mardonovich, Samarqand viloyati
Murojaat egasi: Abdusamadov Karim Norpo‘lat o‘g‘li
Murojaat egasi: Sufixanov Murodilla Mamadjanovich
Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Energetika vazirligining bayonotida hududlarda faqatgina 1 soatgacha cheklov bo‘lishi mumkinligi, aks holda mas'ullarga chora ko‘riladi, deyilgan ekan. Men Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, “Mashat” MFYda yashayman. Bizning mahallada elektr energiyasida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda: 1 soat yoqishadi — 1 soat o‘chirishadi. Kun bo‘yi taxminan 8 sotlab “svet” yo‘q bo‘ladi. “Elektroset”ni telegram gruppasi bor, u yerdan yozsak, javob ololmayapmiz. Iltimos, bir chora ko‘ringlar!
Murojaat egasi: Raximova Shaxnoza Shokirovna, Farg‘ona viloyati
Murojaat egasi: Imomov Eldorjon Ilyorjon o‘g‘li, Farg‘ona viloyati
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Uchko‘prik tumani, «Chorbog‘» MFY, Chorbog‘ qishlog‘i, Chorbog‘ ko‘chasi fuqarolari nomidan murojaat. Mana 4 haftadan beri elektr liniyalarimiz nosoz bo‘lib, bir faza bo‘lib, liniyamiz o‘chib qoladi. 3 oy oldin o‘rnatilgan beton “stolba”larimiz hali ulanmagan. Transformator quvvati aholiga nisbatan juda past ahvolda. yetarli quvvat bilan ishlamayapti. Kuchlanishni ko‘tarolmasdan erib ketgan, almashtirishi kerak. O‘rnatilgandagi, ya'ni 2012 yilgi aholiga nisbatan hozirda aholi soni teng ikki barobarga oshgan. Transformatorimiz qizib yotibdi, aholi ko‘p, bu ketishda qishda chiqishning iloji yo‘q. Isboti rasmlari bilan bor. Elektr energiya inspeksiyasiga murojaat yo‘lladik. Hyech qanday harakat bo‘lmadi. Faqatgina ko‘zbo‘yamachilik qilishib, dalolatnoma tuzilib, murojaatga rasmli javob qilishib ketishgan, xolos.
Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Buxoro viloyati, Buxoro tumani markazida yashayman. 2022-yil noyabr oyida elektr energiyasi uzatilishida cheklovlar borligidan xabardorman. Lekin 16-noyabr kuni Energetika vazirining bayonotida hududlarda faqatgina 1 soatgacha cheklov bo‘lishi mumkinligi, aks holda mas'ullarga chora ko‘riladi, deganlarini o‘qib qoldim. Bizning hududda 17-noyabr kuni 2 soatlik cheklovdan tashqari, bu faqat kunning birinchi yarmi haqida yozyapman, ba'zi mahallalarda 4 soat uzluksiz o‘chirildi.
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! “Elektr hisoblagich sertifikatining amal qilish muddati tugashiga 30 kun qoldi”, deb sms-xabar keldi... Nima qilishimiz kerak? Pul to‘lash kerakmi?
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Insof bilandaaaaaa eeeeeee! Gaz yo‘q bo‘lsa bizda, hech bo‘lmasa tokni yaxshiroq yoqib beringlar! 5 daqiqa yonadi, 12 soat o‘chadi, yana 5 daqiqa yonadi... Yaxshiroq yoqib beringlar!
Murojaatga javob: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Elektr ta'minotida bir nechta ta'sir omillari sababli favqulodda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlarni oldindan aniqlab, bu haqda iste'molchilarni ogohlantirishning imkoni yo‘q. Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin:
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Murojaatim shundan iboratki, Ko‘kdala tumani, Xarduri qishlog‘i, Do‘ngovul mahallasida so‘nggi 15 kun ichida uzilishlar ko‘p bo‘lmoqda. Kecha, 11-noyabr kuni soat 18:00 atrofida “svet” o‘chib qolgandi, hozir — 12-noyabr soat 11:34, shu vaqt oralig‘ida bir minut ham yonmadi.
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. “Svet” yo‘q ertalabdan!
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Elektr toki juda ko‘p uchyapti!
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Uchko‘prik tumani «Mirzaxo‘ja» MFY 35/10 kV kuchlanishli «Miltiqchi» podstansiyasidan chiquvchi 10 kV kuchlanishli «Mirzaxo‘ja» elektr uzatish tarmog‘i sababsiz kuniga (7–8 marta, 6–8 soat) elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmoqda. Tumandagi boshqa qishloqlarda insof bilan, kamroq o‘chadi, lekin bizni xududda har doim shu ahvol — elektrdan ta'minoti tez uziladi. Sizlardan iltimos! Nazoratga olib beringlar! Mana bugun (05.11.2022) soat 20:00 larda elektr toki uzilganicha 23:30 bo‘ldi — hamon “svet” yongani yo‘q! Bu holat bir kunmas, havo sovidi degandan har kuni shu ahvol.
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Yoz faslida gaz hisoblagich o‘rnatgan edim. Hozir hisobimni to‘ldirsam ham ishlamayapti...
Murojaat mazmuni: Bizning korxona Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sabzavot” MFY, Choshtepa ko‘chasi, 71-uyda joylashgan. Korxona hududidan yuqori quvvatli elektr tarmoqlari o‘tgan.
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Alisher Saodatov! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.